Asosiy mazmunga o'tish
Bosh sahifaga

«AqchaPay» to'lov xizmatining maxfiylik siyosati

Ushbu Maxfiylik siyosati «AqchaPay» (keyingi o'rinda — Xizmat operatori yoki AqchaPay) va AqchaPay to'lov xizmatidan (keyingi o'rinda — «Xizmat») foydalanuvchi bo'lgan jismoniy shaxslar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Siyosat Foydalanuvchi Xizmatdan foydalanish davomida Xizmat operatori olishi mumkin bo'lgan barcha ma'lumotlarga nisbatan amal qiladi. AqchaPay xizmatidan foydalanib, Foydalanuvchi ushbu Siyosat va unda ko'rsatilgan shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash shartlarini so'zsiz qabul qiladi va ular bilan kelishadi. Agar Foydalanuvchi bu shartlar bilan rozi bo'lmasa, u AqchaPay xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortishi kerak.

1. Atamalar va ta'riflar

Foydalanuvchi — AqchaPay xizmatidan foydalanmoqchi bo'lgan, bank kartasi egasi bo'lgan har qanday muomala layoqatli jismoniy shaxs.

AqchaPay xizmati — Foydalanuvchiga tovar va xizmatlar uchun to'lovlarni onlayn amalga oshirish, bank kartalarini boshqarish, bank kartasi orqali pul o'tkazmalarini amalga oshirish va Xizmat funksionali tomonidan nazarda tutilgan boshqa amallarni bajarish imkonini beruvchi to'lov xizmati.

Shaxsiy ma'lumotlar — Foydalanuvchi tomonidan Xizmatdan foydalanish uchun taqdim etilgan, muayyan jismoniy shaxsga tegishli bo'lgan yoki uni identifikatsiyalash imkonini beruvchi ma'lumotlar.

Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash — shaxsiy ma'lumotlarni to'plash, tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, shaxssizlashtirish va yo'q qilish.

2. Foydalanuvchilar haqida AqchaPay tomonidan qayta ishlanadigan ma'lumotlar

3. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash tamoyillari va shartlari

4. Qayta ishlash va uchinchi shaxslarga uzatish shartlari

5. Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish choralari

6. Siyosatga o'zgartirishlar

7. Savollar va rozilik

8. Aloqa ma'lumotlari